Sayt matnlari va «Biz haqimizda»
Bosh sahifadagi har bir jumla paneldan yoziladi, uch tilda.
Sozlamalar → Matnlar da sarlavha, tavsif, «Biz haqimizda» va aloqa bloki yoziladi.
Sayt uch tilda: o'zbek, rus, ingliz. Har maydonning uchta katagi bor. Rus yoki ingliz katak bo'sh bo'lsa — o'zbekchasi ko'rsatiladi, ya'ni sayt hech qachon bo'sh joy bilan chiqmaydi.
⚠Taom nomlarini ham tarjima qiling. Ruscha sahifada «Osh (palov)» degan nom mehmonga o'zbekcha sayt ochilgandek tuyuladi — va u kartani yopadi.
«Biz haqimizda» — SEO uchun eng foydali blok. Unda shahar va tuman nomi bo'lsa, «Chilonzorda somsa» degan qidiruvda topilish ehtimoli oshadi.
Shuni ham o'qing
Javob topilmadimi?
Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.
Telegram