Domen, SEO va favicon
Saytni Google va Yandex topishi uchun nima kerak.
Har restoran o'z domenida ishlaydi. Domenni siz olasiz (masalan b5somsa.uz), biz uni ulaymiz va HTTPS sertifikatini o'zi yangilanadigan qilib qo'yamiz.
Domenni ulash
- 1Domen provayderingiz panelida A yozuvini bizning IP manzilimizga qarating (IP ni biz beramiz).
- 2Konsolda domenni qo'shamiz.
- 315 daqiqadan bir necha soatgacha kutiladi — DNS butun dunyo bo'ylab tarqalishi kerak.
⚠«Domen ulandi, lekin sayt ochilmayapti» — deyarli har doim DNS hali tarqalmagan. Brauzeringizni tozalab qayta urinib ko'ring; bir soatdan keyin ham ochilmasa yozing.
Qidiruvda topilish
- Sarlavha va tavsifni to'ldiring — Google natijalarda aynan shularni ko'rsatadi.
- Menyuning har bir taomi alohida sahifa: rasm va tavsif bo'lsa, ular ham qidiruvga tushadi.
- Uch til uchun uch manzil bor (/ru/, /en/) va ular bir-biriga bog'langan — Google ularni takroriy sahifa deb hisoblamaydi.
- Favicon — brauzer tabidagi kichkina belgi. Logotipdan avtomatik yasaladi.
Javob topilmadimi?
Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.
Telegram