Oldindan buyurtma
Mijoz «soat 19:00 ga» deb buyurtma beradi.
Sozlamalar → Buyurtmalar da oldindan buyurtma yoqiladi. Ikki sozlama bor: eng erta qancha vaqtdan keyin (masalan 1 soat) va eng kech necha kunga (masalan 7 kun).
Bunday buyurtma ro'yxatda alohida belgilanadi va vaqti kelganda yuqoriga chiqadi — soat 10 da kelgan «19:00 ga» buyurtmasi kun bo'yi oshxonani chalg'itmaydi.
Bandlik soatlarini yoping: tushlik payti oldindan buyurtma qabul qilinmasin desangiz, ish vaqtidan alohida chegaralash mumkin.
Shuni ham o'qing
Javob topilmadimi?
Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.
Telegram