keel

Buyurtmani bekor qilish va pulni qaytarish

Sabab majburiy — va onlayn to'langan pul o'zi qaytmaydi.

Buyurtma kartochkasida Bekor qilish. Sabab yozilmasa saqlanmaydi: sababsiz bekor qilingan buyurtma bir oydan keyin hech kimga hech nima aytmaydi.

⚠Onlayn to'langan buyurtmani bekor qilish pulni avtomatik qaytarmaydi. Pul to'lov tizimida qoladi va uni o'sha tizim kabinetidan qaytarasiz. Panel buni ochiq yozadi — «bekor qilindi» degan yozuv mijozning kartasiga pul qaytganini anglatmaydi.

Kassadagi chek uchun boshqa amal bor — qaytarish: sotuv qoladi, pul o'zgaradi. Bu hisobotlarda «bekor qilindi» dan alohida ko'rinadi.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.

Telegram
Buyurtmani bekor qilish va pulni qaytarish · Keel | Keel