keel

Oshxona printeri: qaysi taom qayerga chiqadi

Issiq sex, sovuq sex va bar — har biriga o'z chekini yuborish.

Har kategoriyaga printer biriktiriladi: «Ichimliklar» → bar printeri, «Issiq taomlar» → oshxona printeri. Buyurtma kelganda har printerga faqat o'ziga tegishli qatorlar chiqadi.

  • Chekda stol raqami yoki buyurtma raqami, vaqt va taom nomi bo'ladi — narx bo'lmaydi.
  • Mijozning izohi («piyozsiz») aynan shu chekda chiqadi.
  • Buyurtmaga taom qo'shilsa, faqat yangi qatorlar chiqadi.
⚠Kategoriyaga printer biriktirilmagan bo'lsa, uning taomlari hech qayerga chiqmaydi. Yangi kategoriya qo'shganda buni tekshiring — bu chiqmagan chekning eng ko'p uchraydigan sababi.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.

Telegram
Oshxona printeri: qaysi taom qayerga chiqadi · Keel | Keel