keel

Variantlar: o'lcham va qo'shimchalar

Kichik/katta, qo'shimcha pishloq, sousni tanlash — bitta taomda.

Taom formasida Variantlar bo'limi. Har guruhning nomi bor («O'lcham», «Qo'shimcha») va tanlash qoidasi.

  • Bittasini tanlash — o'lcham, qo'vurish darajasi. Bittasi standart bo'lib turadi.
  • Bir nechtasini tanlash — qo'shimchalar. Nechtagacha tanlash mumkinligini cheklash mumkin.
  • Har variantning narx qo'shimchasi bor: +5 000 yoki 0. Manfiy ham bo'ladi (kichik porsiya arzonroq).
Variant ombordan ham chiqishi mumkin: qo'shimcha pishloqqa masalliq bog'lasangiz, u sotilganda ombordan yechiladi. Bu taomning o'z texkartasi bilan birga ishlaydi, o'rniga emas.
⚠«Kichik» va «Katta» ni ikkita alohida taom qilib qo'yish osonroq ko'rinadi, lekin keyin hisobotda ular ikki mahsulot bo'lib chiqadi va qaysi taom yaxshi sotilayotganini ko'ra olmaysiz.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.

Telegram
Variantlar: o'lcham va qo'shimchalar · Keel | Keel