keel

Panelga kirish va parol

Panel manzili, birinchi hisob, parolni unutganda nima qilish.

Panel saytingizning /admin manzilida ochiladi. Masalan sayt restoran.uz bo'lsa, panel restoran.uz/admin.

Birinchi hisobni biz beramiz — login va parol shartnoma paytida yuboriladi. Kirgandan keyin parolni albatta almashtiring: Sozlamalar → Hisob.

Parolni unutdingizmi

  1. 1Kirish sahifasidagi Parolni unutdingizmi? ni bosing.
  2. 2Hisobingizga bog'langan telefon raqamini kiriting — SMS kod keladi.
  3. 3Kod bilan yangi parol qo'yasiz.
⚠SMS provayderi sozlanmagan bo'lsa bu yo'l ishlamaydi — kod ketmaydi. Bunday holatda bizga yozing, hisobni qo'lda tiklaymiz.
Panel logini bitta odamniki. Kassir yoki ofitsiantga panel logini bermang — ularning o'z ilovalari va o'z hisoblari bor. Panel logini zaldagi kompyuterda ochiq qolsa, u mijozlar bazasi, to'lov kalitlari va hisobotlar demakdir.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.

Telegram
Panelga kirish va parol · Keel | Keel