keel

Yetkazish zonalarini chizish

Xaritada chegara chizasiz, har zonaga o'z narxini qo'yasiz — mehmon ham shuni ko'radi.

Sozlamalar → Yetkazib berish → hisoblash usuli sifatida zonalar tanlanadi. Pastda xarita ochiladi.

Zona chizish

  1. 1Yangi zona ni bosing.
  2. 2Xaritada chegara nuqtalarini ketma-ket bosib chiqing. Kamida uchta nuqta kerak.
  3. 3Oxirgi nuqtadan birinchisiga tutashtiring — shakl yopiladi.
  4. 4Zonaga nom bering («Markaz», «Chilonzor») va narxlash usulini tanlang.
  5. 5Saqlang. Zona darhol saytda ham ko'rinadi.

Zona narxi ikki xil bo'ladi

  • Belgilangan narx — zona ichidagi har manzilga bir xil summa. Eng sodda va mijozga tushunarli.
  • Km bo'yicha — boshlang'ich narx + har km uchun qo'shimcha, masofa restorandan o'lchanadi.
⚠Zona kamida uch nuqtali bo'lsa ishlaydigan hisoblanadi. Ishlaydigan zona bo'lsa masofa sozlamalari (boshlang'ich narx, km narxi, maksimal masofa) umuman e'tiborga olinmaydi va zonadan tashqariga yetkazilmaydi.
⚠Zonani chizib bo'lib saqlashni unutmang. Chizilgan, lekin saqlanmagan shakl ekranda turadi va butunlay haqiqiydek ko'rinadi.
Mehmon checkout sahifasida zonalarni xaritada va tagida ro'yxat bo'lib ko'radi: qaysi zona, qancha. Manzil tanlanmagan bo'lsa xarita butun qamrovga moslanadi — ya'ni mehmon birinchi qarashda «bizga yetkazadimi?» degan savolga javob oladi.

Javob topilmadimi?

Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.

Telegram
Yetkazish zonalarini chizish · Keel | Keel