Kuryer ilovasi
Telefondagi sahifa: buyurtmalar, manzil, xaritaga o'tish, kunlik hisob.
Kuryer saytingiz.uz/kuryer manzilidan kiradi — alohida ilova o'rnatish shart emas. Telefonda «Bosh ekranga qo'shish» qilinsa, ilovadek ochiladi.
- Unga biriktirilgan buyurtmalar ro'yxati: manzil, telefon, summa, to'lov turi.
- Manzilni bosgan zahoti telefonning xarita ilovasi ochiladi va yo'l ko'rsatadi.
- Yetkazdim bosilganda buyurtma yopiladi.
- Kun oxirida qancha yetkazgani va qo'lida qancha naqd borligi ko'rinadi.
⚠Kuryerni xaritada jonli kuzatish hozircha yo'q. Mijoz «yo'lda» degan holatni ko'radi, lekin nuqta harakatlanmaydi.
Joylashuvga ruxsat so'raladi — bu faqat buyurtma biriktirilganda ishlatiladi. Telefon ruxsat bermasa ilova baribir ishlaydi.
Shuni ham o'qing
Javob topilmadimi?
Telegramda yozing — odam javob beradi. Qaysi ekranda ekaningizni va nima kutganingizni yozsangiz, javob birinchi xabardayoq keladi.
Telegram